O'quv markazlari

Muddatli to’lov Junior Full Stack Web Development
Narxi 6 933 750 so’mdan
5 oy
Muddatli to’lov Middle Full Stack Web Development
Narxi 8 557 000 so’mdan
4 oy

O'quv markazi haqida ma'lumot

Kadirov.dev akademiyasida sifatli va innovatsion talablar asosida Axborot Texnologiyalarini istagan joydan onlayn o’rganish imkoniyati mavjud. Akademiyadagi kurslardan maqsad – kursni bitirgan o’quvchilarga veb-loyiha yaratish uchun loyihaning ham front-end ham back-end qismida ishlash uchun yetarli bilim va ko’nikmalar berish.

Ushbu akademiyaning Junior Web Full Stack Developer kursida quyidagi texnologiyalar va bilimlar malakali ustozlar tomonidan o’rgatiladi:

Umumiy Dasturlash Teoriyasi – Dasturlash sohasidagi asosiy va muhim teoriyalar va mantiqiy ko’nikmalar o’rgatiladi.
Undan tashqari, quyidagi texnologiyalarni ushbu kursda o’quvchilarga mukammal o’rgatiladi:
- HTML, CSS
- Bootstrap
- Git
- PHP
- MySQL
- Symfony
-API pLatform
- JavaScript
- VueJS

Kurs davomida o’quvchilar ushbu texnologiyalarni o’rganish bilan birga, ular yordamida zamonaviy veb loyihalar yaratishadi. Eng asosiysi, kurs davomida nechta loyiha yaratish emas, loyihani qanday yaratish chuqur o’rgatiladi.

Shuningdek, dasturlash sohasini yanada chuqurroq o’rganishni istaganlar uchun akademiya tomonidan Middle Web Full Stack Developer kursi taklif etiladi. Ushbu kursa o’qish uchun o’quvchilar Junior Web Full Stack Developer kursini tamomlagan bo’lishlari shart. Ushbu kursda quyidagi texnologiyalar o’rgatiladi:
- Linux OT
- Docker
- VDS, DOMAIN, CI/CD
- Symfony
- Vue Advanced
- Unit & Application Testing.

Middle Web Full Stack Developer kursini tamomlagan o’quvchilar The Kadirov.dev kompaniyasida amaliyot o’tash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Kursda va amaliyotda faol qatnashgan o’quvchilarga akademiya tomonidan sertifikat topshiriladi va kompaniyada doimiy ish taklif etiladi.

Akademiyadagi kurslardan maqsad – kursni bitirgan o’quvchilar veb-sayt yaratish uchun loyihaning ham front-end ham backe-end qismida ishlash uchun yetarli bilim va ko’nikmalarni olish.

Biz bilan bog'lanish:

Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 8 chikvartal, 31, 18.