Middle Full Stack Web Development

Middle Full Stack Web Development

Ta'lim tili

O‘zbekcha

Murakkablik

Professional

Davomiyligi

4 oy

Kurs turi

Masofaviy

Kurs tavsifi

Shu bilan birga, Middle Full Stack Web Developer kursida quyidagi texnologiyalar va bilimlar beriladi:
1.   Docker - Ilgari web-dasturlar to'g'ri ishlashi uchun: Linux, Nginx, MySQL, PHP, Cron, NodeJS va boshqa o'nlab dasturlar o'rnatilardi va dasturga moslanardi. Bu ancha vaqt talab qilardi va moslamadagi kichik farq ham dasturning noto'g'ri ishlashiga olib kelardi. Docker esa dasturning o'zida barcha moslamalar va kerakli infrastrukturani beradi.
2.   VDS - Ilgari web-dasturlar uchun hosting'lar ishlatilardi. Hosting bu serverdagi bir papka xolos. Bir hostingda 1000 lab dasturlar ishlaydi va bittasining buzilishi, qolganlarini ham hacker'lar hujumiga zaif qilib qo'yadi. Hosting - juda eskirgan variant. Hozir VDS lar ishlatiladi. Bu virtual server bo'lib, bizga to'laqonlik boshqaruvni beradi. yaratilayotgan dastur alohida, boshqa dasturlardan izolyatsiya holatida turadi.
3.   SSH - Masofada turgan serverni, o'zingizning kompyuteringizdan boshqarish imkonini beradi.
4.   Linux - Operatsion tizimini o'rganamiz. 80% serverlar linux tizimida ishlaydi. Yaxshi dasturchi linux tizimini ham yaxshi bilishi kerak.
5.   Apt-Get - Apt, apt-get va aptitude kabi paket menejerlari orqali tizimga istagan dasturni o'rnatish, ularni boshqarish mumkin.
6.   CRON - Dasturlash biznes jarayonlarini avtomatlashtirish degani. Cron orqali siz istagan vaqtda biror dasturni chaqirish imkoningiz bo'ladi. Misol uchun cron'ga "Har kuni soat 13:30 da foydalanuvchilarga xat yubor", yoki "Har oyning 15-sanasida statistikani hioblab chiq" - deyish mumkin.
7.   Gitlab CI/CD - Bu ko'proq dasturchining emas, DevOps mutaxassisining ishi bo'lsada, professional dasturchilar bu narsalarni bilishi shart. Kursda gitlab ga yuborilgan kodlarni avtomatik ravishda, shoxadan kelib chiqib developer, yoki production serverlarida joylashish jarayonlarini avtomatlashtirish o’rgatiladi.
8.   SOLID - Kod yozishni o'rgandandan keyin ko'p yillar davomida eskirmaydigan kod yozish uchun SOLID prinsiplari kerak bo'ladi.
9.   Redis - SQL tillarini qo'llovchi MOBT larni o'rgangandan keyin No SQL turidagi MOBT o'rgatiladi. U ma'lumotlarni tezkor xotirada saqlaydi va dasturni tezlashtirish uchun ajoyib qurol hisoblanadi.
10.         RabbitMQ - eng kuchli xabarlar brokeri. Har-xil topshiriqlarni navbatga qo'yish imkonini beradi. Katta dasturlar bu qurolsiz ishlay olmaydilar.
11.         Jobs & Workers - Freymvork'da topshiriqlarni bajarish va boshqarish uchun job (ish) lar va worker (ishchi) lar yaratish kerak bo'ladi.
12.         RegExp - biror matnni qolip orqali qidirish uchun Regular Expression'ni o'rganish kerak bo'ladi. Regular Expression barcha tillarda keng qo'llaniladi va matn bilan ishlash uchun tengsiz hisoblanadi.
13.         HttpClient - junior kursda axios o'rgatiladi. Lekin boshqa serverlarga murojaat qilish nafaqat front'da, balki back dasturlari uchun ham kerak. HttpClient orqali symfonyda serverlarga murojaat qilish o'rgatiladi.
14.         Parsing - dastur har-xil saytlardan ma'lumotlarni qidirib, ma'lumotlar-omboriga joylashtirishni amalga oshiradigan instrument.
15.         PHP Traits - dasturlashda faqat bir sinf kengaytirilishi mumkin. Bu muammoni hal qilish uchun PHP tilida trait'lar ishlatiladi.
16.         Symfony Advanced - back-end uchun eng kuchli freymvork - Symfony'ni yanada chuqurroq o'rgatiladi.
17.         Vue Advanced - front-end dasturlari uchun Vuejs muhimligi sababli, kursda ushbu freymvork yanada kengroq o'rgatiladi.

Muddatli to’lov shartlari

Middle Full Stack Web Development
541 722 so’mdan / oyga

Middle Full Stack Web Development

Kadirov.dev
4 oy
Muddatli to’lov miqdori
8 557 000 so’mdan
Moliyalashtiruvchi tashkilot
IT Bilimlarni rivojlantirish markazi
Oylik to'lov miqdori
541 722 so’mdan

Muddatli to’lov rasmiylashtirish uchun Kirish yoki Ro‘yxatdan o‘tish saytda