To'lov shartlari

Bilgi.uz platformasi ta’lim bozori orqali roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar IT yoʻnalishlari boʻyicha kurslarni muddatli to’lov sharti bilan shartnoma tuzishlari mumkin.

Platforma bilan ishlash bosqichlari: 
bilgi.uz platformasida ro'yxatdan o'tish
• IT kursni tanlab, muddatli to’lov sharti bilan o’qishga ariza yuborish
• o‘qishni tugatgandan so‘ng to‘lashni boshlash

O’qitish uchun nomzodlarni tanlash mezonlari:
• muddatli to’lov imkoniyati 16 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan jismoniy shaxslar - O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga taqdim etiladi
• ta'lim tilini bilish
• tanlov natijalariga ko'ra ingliz tili darajasi Elementary - A2 dan past bo’lmasligi
• tanlov natijalariga ko'ra etarli IT bilimlari darajasi
• analitik fikrlash qobiliyatiga ega bo'lish va ITga qiziqish
• tanlangan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kerakli malaka va tegishli tajribaga ega bo‘lish

Kursni tanlab, o'qish uchun ariza topshirgandan so'ng, foydalanuvchi quyidagi tanlov bosqichlaridan o'tishi kerak:
1-bosqich: ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun test;
2-bosqich: IT bilim darajasini aniqlash uchun test;
3-bosqich: intellektual salohiyatni aniqlash uchun suhbat.