Hamkorlik shartlari

Muddatli to’lov imkoniyati faqat IT-park rezidentlari bo'lgan o'quv markazlari uchun mavjud. 

O‘quv markazi IT-bilimlarini rivojlantirish markaziga axborot texnologiyalari va dasturlash sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv kurslari dasturini taqdim etadi.

Muddatli to’lov imkoniyati bo’lgan kurslarni tanlash IT-bilimlarini rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.


Platforma bilan ishlash jarayoni: 

https://bilgi.uz/ platformasiga ulanish uchun ariza berish

• IT bilimlarni rivojlantirish markazi bilan shartnoma tuzish

• Platforma operatori bilan shartnoma tuzish

• IT-bilimlarini rivojlantirish markazi tomonidan tasdiqlangan ta'lim kurslar bozori foydalanuvchilaridan muddatli to’lash sharti bilan arizalarini qabul qilish 

• To'lovni rasmiylashtirish 


O'quv markazini loyiha ishtirokchisi sifatida tanlash uchun shartlari:

• IT-parkda rezidentlik

• Ta'lim faoliyati amalga oshirish uchun ruxsatnoma (litsenziya) mavjudligi

• IT yo'nalishlar bo’yicha o’qitish: 

- dasturiy ta'minot va mobil ilovalarni ishlab chiqish;

- ma'lumotlar bazalarini yaratish;

- axborot xavfsizligi va boshqalar.

• Soliqlar va byudjetga to'lovlar bo'yicha qarzlarning yo'qligi

• Qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida bo'lish holatlarning yo'qligi

• Belgilangan talablariga muvofiq barcha hujjatlarni taqdim etish