frontend
Ta'lim tili
O‘zbekcha
Murakkablik
Boshlang'ich
Davomiyligi
5 oy
Kurs turi
Kunduzgi
Kurs tavsifi
Talabaga qo'yiladigan talablar
-Kompyuter bilan yaxshi ishlay olishi;
-Fundamental matematik bilimlarga ega bo’lish;
-Inglis tilini hujjatlarni o’qiy oladigan darajada bilish;
-Internet bilan yaxshi ishlay olish va fikrlash qobiliyati;
Kurs dasturi
1.HTML,CSS – asosiy tushunchalar 1 oy;
2.Bootstrap,SASS-static web-sahifalar qura olish 1 oy;
3.JavaScript texnologiyasini o’rganish va u yordamida dynamic web-sahilar qurish 1 oy;
4.React js texnologiyasini o’rganish va u yordamida tezkor interfeyslar yaratish 2 oy;
Kursda nimalar o’rgatiladi?
- HTML – semantik HTML kod yozish, HTML kodni tekshiruvdan o’tkazish va undagi kodni to’g’ri tartiblash.
- CSS – saytga to’g’ri va qulay usulda bezaklar berish, sahifa tuzilmasini turli miqdordagi ma’lumotga va turli xil ekranlarga moslashadigan qilish. Animatsiyalar va boshqa qiziqarli va kundalik hayotda qo’l keladigan CSS imkoniyatlari.
- Git va GitHub – loyihani tartibli tarzda tuzish, talqinlar bilan erkin ishlay olish, kodni GitHubda saqlash va loyihalarni ommaga Netlify va GitHub Pages xizmatlari orqali ko’rsatish.
- BEM nomlash usuli – HTML elementlarini mustaqil bloklarga ajrata olish va CSSda shu bloklarning stillarini bir-biriga tobe bo’lmagan holda to’g’ri usulda yoza olish.
- JavaScript asoslari va DOM bilan ishlash – saytdagi turli xil sodda va kundalik verstkada qo’l keladigan amallarni bajarish: hodisalar bilan ishlash, elementlarga sodda o’zgartirishlar kiritish va shunga o’xshash amallar.
- Sass – CSS kodni tartibli ko’rinishga keltirish, kamroq kod yoza olish. Katta loyihalarda qadri bilinadi. Umuman olganda har qanday loyihada foydali bo’la oladi.
- Bootstrap – eng mashhur va “dejurniy” frontend UI kutubxonasi. Avvaliga uning 4-talqinining imkoniyatlari va davomida yangi 5-talqindagi uslub va yangiliklarni bilan ishlash.
- JavaScript texnologiyasini o’rganish va u yordamida dinamik web-sahifalar qura olish.API lar bilan ishlash serverga so’rovlar yuborish.Saytimizga turli xil harakatlar hodisalar qo’shish
- React js- tezkor interfeyslar qurish.SPA(Single Page Application) yaratish,loyiamizni componentalarga ajratish va juda ham ko’p kutubxonalarni osonlik bilan ishlata olish;
Kurs kimlarga mo’ljallangan?
- Dasturlash sohasiga to’laqonli yangi bo’lganlar
- Frontend asoslari bo’yicha boshlang’ich bilimlari bor, lekin u bo’yicha chuqurroq o’rganmoqchi bo’lganlar
- Maketlarni tuzish amaliyotida o’zini sinab ko’rmoqchi bo’lganlar
- Kursda o’tiladigan texnologiyalar bo’yicha bilimlarini takrorlab, mustahkamlab olmoqchi bo’lganlar
Muddatli to’lov shartlari
Muddatli to’lov miqdori
5 375 000 so’mdanMoliyalashtiruvchi tashkilot
IT Bilimlarni rivojlantirish markaziOylik to'lov miqdori
340 278 so’mdanMuddatli to’lov rasmiylashtirish uchun Kirish yoki Ro‘yxatdan o‘tish saytda
Kirish
Telefon raqamingiz va parolingiz bilan tizimga kiring