Grafik Dizayn (O'rta Bosqich)
Ta'lim tili
O‘zbekcha
Murakkablik
O'rta
Davomiyligi
3 oy
Kurs turi
Aralash ta'lim
Kurs tavsifi
O‘rta Daraja: Dizaynda Mahoratni Oshirish
Maqsad: O‘quvchilarni murakkab dizayn loyihalari yaratishga tayyorlash, texnik ko‘nikmalarni rivojlantirish va amaliy ishlarda ijodkorlikni oshirish. Ushbu bosqichda ular grafik va motion dizayn sohasida ishlash uchun zarur bo‘lgan asosiy qobiliyatlarni chuqurroq o‘zlashtiradi.
________________________________________
O‘quv Dasturi
1. Nazariy Qism
• Raqamli dizayn uslublari va yo‘nalishlari:
o Minimalizm, flat design, skeuomorphism, isometric design haqida tushuncha.
o Mavjud dizayn trendlarini tahlil qilish va ulardan ilhom olish.
• Brending Asoslari:
o Logotip, brend kit va identifikatsiya elementlarini ishlab chiqish.
o Foydalanuvchi tajribasi (UX) va interfeys dizayni (UI)ga kirish.
• Rang va tipografika bilan ishlashning ilg‘or usullari:
o Rang palitrasi yaratish texnikasi.
o Shriftsiz dizayn va shrift bilan kompozitsiya yaratish.
2. Amaliy Qism
• Adobe Illustrator bilan ishlash:
o Kompleks logotip dizayni yaratish.
o Brend uchun tashqi materiallar: flyer, poster, packaging (qadoqlash) dizaynlari.
o Patternlar va orqa fonlar yaratish.
• Adobe Photoshop bilan ishlash:
o Rasm montaj qilish va manipulyatsiya texnikalari.
o Murakkab kollajlar va suratlarni retush qilish.
o Effektlar va teksturalar qo‘llash.
• Adobe After Effectsga kirish:
o Motion dizayn asoslari: taym-layn (timeline), keyframes, masking.
o Oddiy animatsiyalar va tekst animatsiyalarini yaratish.
o Dinamik intro va logo reveal effektlarini ishlab chiqish.
3. Loyiha Ishlari
• Amaliy Loyiha:
o To‘liq brend konseptini ishlab chiqish (logotip, flyer va vizitka).
o 10-15 soniyalik dinamik animatsiya (logotip yoki reklama uchun).
________________________________________
Davomiylik va Mashg‘ulotlar Formati
• Kurs davomiyligi: 3 oy.
• Haftasiga: 3 dars (2,5-3 soatdan).
• Mashg‘ulotlar formati: nazariy va amaliy darslarning muvozanati (60% amaliyot).
Kurs Yakuni
• Imtihon:
o Tezkor loyihani yaratish (masalan, brend uchun logotip va animatsiya).
o Dars davomida o‘rganilgan dasturlarni mustaqil qo‘llash qobiliyatini baholash.
Tayyorlanadigan Portfel
O‘quvchilar ushbu bosqich yakunida:
• To‘liq brend materiallarini yaratishni o‘rganadi.
• Motion dizayn sohasida kichik, lekin ijodiy animatsiyalar portfeliga ega bo‘ladi.
• Grafik dizayn va animatsiya jarayonlarini o‘zaro uyg‘unlashtirishni biladi.
Muddatli to’lov shartlari
Muddatli to’lov miqdori
19 350 000 so’mdanMoliyalashtiruvchi tashkilot
IT Bilimlarni rivojlantirish markaziOylik to'lov miqdori
1 225 000 so’mdanMuddatli to’lov rasmiylashtirish uchun Kirish yoki Ro‘yxatdan o‘tish saytda
Kirish
Telefon raqamingiz va parolingiz bilan tizimga kiring