Grafik Dizayn (Boshlang'ich Bosqich)

Grafik Dizayn  (Boshlang'ich Bosqich)

Ta'lim tili

O‘zbekcha

Murakkablik

O'rta

Davomiyligi

3 oy

Kurs turi

Aralash ta'lim

Kurs tavsifi

Boshlang'ich Daraja: Dizayn Asoslari
Maqsad: Grafik dizayn va motion dizayn dunyosiga birinchi qadamni qo‘yish. O‘quvchilarni kreativ fikrlash, dizaynning nazariy asoslari va dasturiy ko‘nikmalar bilan tanishtirish.
O‘quv Dasturi
1. Nazariy Qism:
- Grafik Dizaynning Asosiy Tushunchalari:
 Ranglar nazariyasi: rang uyg‘unligi va psixologiyasi.
 Kompozitsiya asoslari: balans, kontrast, muvozanat.
 Tipografika: shriftlarning turlari, o‘lchamlari, ularning rolini tushunish.
- Dizaynning Roli va Vazifalari:
 Brending va reklamada dizaynning ahamiyati.
 Grafik va motion dizayn o‘rtasidagi farq va bog‘liqlik.
2. Amaliy Qism:
- Adobe Photoshop Bilan Ishlash:
 Asosiy interfeysni o‘rganish: qatlamlar (layers), asboblar paneli.
 Oddiy foto tahrir va montaj qilish (ranglarni to‘g‘rilash, kollaj yaratish).
 Effektlar va filtrlar bilan ishlash.
- Adobe Illustrator Bilan Ishlash:
 Vektor grafikasi asoslari: shakllar, chiziqlar bilan ishlash.
 Logotip va ikonka yaratish.
 Oddiy illyustratsiyalar tayyorlash.
3. Loyihalar:
o Birinchi kichik loyiha: vizitka dizaynini yaratish.
o Banner yoki afisha tayyorlash uchun amaliy topshiriq.
Davomiylik
• Kurs davomiyligi: 3 oy.
• Haftasiga: 3 dars (2-3 soatdan).
Natijalar
• Oxirgi loyiha: Berilgan mavzuga mos holda afisha yoki oddiy reklama materiali yaratish.
Tayyorlanadigan Portfel
Boshlang‘ich darajani tugatgan o‘quvchilar:
• Oddiy, lekin estetik jihatdan mukammal loyihalarni yaratishni o‘rganadi.
• Photoshop va Illustratorda asosiy operatsiyalarni mustaqil bajara oladi.

Muddatli to’lov shartlari

Grafik Dizayn  (Boshlang'ich Bosqich)
612 500 so’mdan / oyga

Grafik Dizayn (Boshlang'ich Bosqich)

Mohir Motion Designs
3 oy
Muddatli to’lov miqdori
9 675 000 so’mdan
Moliyalashtiruvchi tashkilot
IT Bilimlarni rivojlantirish markazi
Oylik to'lov miqdori
612 500 so’mdan

Muddatli to’lov rasmiylashtirish uchun Kirish yoki Ro‘yxatdan o‘tish saytda