O'quv markazlari

Kompyuter savodxonligi
Narxi 376 250 so’mdan
1 oy
Frontend dasturlash
Narxi 2 257 500 so’mdan
6 oy

O'quv markazi haqida ma'lumot

Surxon IT Akademyasi 2022 yil 6 fevralda Surxondaryo viloyati,Sariosiyo tumanida o'z faoliyatini boshlagan.Markazda Kompyuter savodxonligi, Web dasturlash va IT English yo'nalishlarida offlayn ta'lim beriladi. Darslar asosan amaliyotga urg'u berilgan holda olib boriladi.
Kurslar haqida ma'lumot:
Frontend Dasturlash: Kurs davomida siz:
HTML, CSS va Javascript asoslarini chuqur o'rganasiz. Kursning birinchi qismida bir nechta saytlarning vyorstkalarini yaratish asnosida HTML va CSS ni o'rganib, ko'nikma hosil qilasiz. Ikkinchi qismda Javascript asoslarini chuqur o'rganasiz. Kursning oxirida Javascript bo'yicha intervyu topshiriladi va biror kattaroq web saytni o'quvchi mustaqil yakunlashi talab etiladi. Muvaffaqiyatli yakunlagan o'quvchilarga sertifikat beriladi va IT kompaniyalarga ish topishlari uchun yo'naltiriladi.
Kompyuter savodxonligi: Kurs davomida siz:
komyuterdan umumiy tanishish va foydalanish, kompyuterning asosiy dasturlarini ishlatishni,
Wordda hujjatlar yaratish,formatlash,saqlash chop etish,
Excelda ishlash asoslari,
Power Pointda taqdimotlari yaratish, formatlash, saqlash va namoyish qilish, Internetda ishlashni o'rganasiz.

Biz bilan bog'lanish:

Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Mirzo Ulug'bek mahallasi, Zamonaviy Yoshlar Bog'i