O'quv markazlari

Grafik Dizayn
Narxi 4 300 000 so’mdan
4 oy
JAVA DEVELOPMENT
Narxi 4 300 000 so’mdan
4 oy
FRONTEND DEVELOPMENT
Narxi 6 450 000 so’mdan
6 oy
SMM va Mobilografiya
Narxi 3 870 000 so’mdan
3 oy
Muddatli to’lov Grafik dizayn (masofaviy)
Narxi 4 300 000 so’mdan
4 oy
Muddatli to’lov SMM va Mobilografiya (Masofaviy)
Narxi 3 440 000 so’mdan
3 oy
Muddatli to’lov Kiberxavfsizlik
Narxi 8 600 000 so’mdan
4 oy

O'quv markazi haqida ma'lumot

RV TECH ACADEMY – sifatli ta’lim va axborot texnologiyalariga oid bilimlarni olishingiz mumkin bo’lgan o’quv markazidir. Ushbu ta’lim dargohida siz turli sohalardagi kurslarni topasiz,
misol uchun:
• Grafik dizayn – ijodiy kompozitsiya, tipografiya, rang va vizual aloqa. Ushbu kursda biznes va nobiznesning turli sohalari uchun chiroyli va samarali grafik yechimlarni taqdim etish imkoniyatlari o’rganiladi.
• SMM(+mobilografiya) – ijtimoiy tarmoqlarda mahsulot va xizmatlarning brendini yaratish va tanitish, turli tahlil va strategiyalar orqali sifatli reklama qilish. Bu kurs SMM mutaxassisi bo’lib, auditoriya qiziqishi va sodiqligini oshirishni xohlaydigan texnologlar uchun mo’ljallangan.
• Kiberxavfsizlik – axborot tizimlari va ma’lumotlarni xakerlik, josuslik, jinoyat va zararlardan himoya qiluvchi sohadir. Ushbu kurs axborot tarmoqlari va tizimlaridagi xavfni aniqlash, bayon qilish va bartaraf qiluvchi texnik mutaxassislar uchun yordam beradi.
• Front-end Development – HTML, CSS, JavaScript, Bootstrap, Sass singari texnologiyalarni mukammal o’rganishingiz mumkin.
• Java Development – C va C++ dasturlash tilining ko’p sintaksislarini o’ziga olgan va ulardagi kamchiliklarni bartaraf etgan, shuningdek qo’shimcha imkoniyatlarini o’zida jamlagan ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash tilidir.
O’qish paytida yana siz quyidagi imkoniyat va imtiyozlar egasiga aylanasiz:
• Kovorking markazi va undan bepul foydalanish;
• Kurs o’quvchilari uchun netvorking, tanlov va tajribali mentorlardan master-klasslar;
• Doimiy ustozlar maslahati va texnik qo’llab-quvvatlash;
• Xalqaro til bilish sertifikati sohiblari uchun kurslarga doimiy 5 foizlik chegirma;
• Hamkor tadbirkorlarimizdan xaridlaringiz uchun maxsus chegirma va sovg’alar;
• Ishga joylashtirishda yordamlashish;
• Kurs yakunida rasmiy sertifikat va shaxsiy portfolio;
• O’rganish va amaliyot o’tash uchun barcha qulayliklar.

Kompaniyaning 7 yillik rivojlanish strategiyasi bo’yicha aholining tegishli qatlamiga IT, zamonaviy kasb va hunarlardan ta’lim berib, 2030-yilda 2030ta xodimni ish bilan ta’minlagan yirik IT kompaniyaga aylanish asosiy maqsadi.
Faoliyatning dastlabki yillarida Web dasturlash, Front-end, Java, Backend, Mobil dasturlash, Kiberxavfsizlik, SMM, Mobilografiya, Grafik dizayn, Moushin dizayn, 3Dmax, Trading va boshqa aktual sohalardan yoshlarga ta’lim berib boradi.

Biz bilan bog'lanish:

Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Islom Karimov ko’chasi, 179-uy, 3 -do’kon-xonadon