O'quv markazlari
O'quv markazi haqida ma'lumot
“Praktikum Academy” 2024-yil fevraldan o`z ish faoliyatini boshlagan.
“Praktikum Academy” Xorazm viloyati yoshlari orasida IT sohasiga qiziqadiganlar sonini oshirish, ularni IT sohasi mutaxassisi qilib tayyorlash va IT xizmatlarini export qilishni boshlashni o’ziga maqsad qilib oldi.
“Praktikum Academy” yoshlarga quyidagi sharoitlarni yaratib bera oladi:
· Amaliyot asosidagi ta’lim;
· Real loyihalar bilan ishlash;
· Talim 2.0
· Loyiha yaratilish bosqichlari va jamoaviy ishlash;
· Portfoliya yaratish va o’z xizmatlarini sota bilish;
· Mahalliy kompaniyalarda amaliyot qilish imkoniyati va mahalliy va xorijiy loyihalar olib, ish bilan ta’minlash;
Praktikum Academy
· Frontend
· Backend
· Mobil dasturlash
· Kompyuter savodxonligi
· Ingliz tili
· Grafik dizayn
· Mobilografiya
yo’nalishlarida 50 ga yaqin yoshlarni IT sohasidagi bilimlarga o`rgatib kelishmoqda.
“Praktikum Academy” da bir vaqtning o`zida 350 dan ortiq yoshlarga ta`lim bera olishadi.
“Praktikum Academy” qo`shimcha uzoq va qisqa muddatli maqsadlariga ega, bunga ko`ra:
Uzoq muddatli - IT yo’nalishi bo’yicha o’qitadigan, ish bilan ta’minlaydigan va xizmat ko’rsatadigan ekosistemani yaratish
Qisqa muddatli - 2 oy ichida brendni tanitish (1000 + maqsadli auditoriya yig'ish) va sotuvni amalga oshirish (100 + o’quvchi)
Strategiyadan maqsad kerakli xabarni kerakli odamga, kerakli vaqtda, kerakli joyda ko'rsatish.
Xohlaymizki:
Praktikum academy brendini tanitishni va xizmatlarimizdan foydalanadigan maqsadli auditoriyamiz bo'lishini;
Sohamizda TOP darajaga chiqishni va mijozlarga yuqori darajada xizmat ko'rsatishni;
Brendga nisbatan mijozlarda ishonch hissini uyg'otishni va sodiqlikka erishishni.