O'quv markazlari

O'quv markazi haqida ma'lumot

IQTIDOR Academy – ko‘p yillik tajribaga ega ustozlar va real loyihalarda amaliyot o‘tayotgan iqtidorli yoshlar dargohi. Bu yerda siz zamonaviy kasblarni o‘rganish, bilim va ko‘nikmalaringizni oshirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
"IQTIDOR academy" nafaqat ta’lim maskani, balki ijodiy va tashabbuskor jamiyat hamdir. Bizning akademiyada doimiy ravishda master-klasslar, tanlovlar, seminarlar, startap uchrashuvlari, IT-konferensiyalar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.
Kurs davomida akademiyamizda quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

✅ Tajribali ustozlar bilan o‘qish va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish;
✅ Doimiy ustoz nazorati va texnik qo‘llab-quvvatlash;
✅ Real loyihalar va jamoaviy ish tajribasi;
✅ Dars qilishlari uchun co-working zonalar mavjud;
✅ Kurs yakunida rasmiy sertifikat va portfolio;
✅ Eng yaxshi o‘quvchi uchun UIC Group da o‘qish uchun yo‘llanma taqdim etiladi;
✅ IT kompaniyalarga ishga joylashish bo’yicha maslahat va qo’llab-quvatlash.

"IQTIDOR Academy" bilan bilimlaringizni rivojlantiring va kelajagingizni zamonaviy kasblar bilan mustahkamlang!

Biz bilan bog'lanish:

Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Kitob shahri, Ulug'bek mahallasi, Paxtakor ko'chasi, 1-a-uy