O'quv markazlari
O'quv markazi haqida ma'lumot
DBITES IT kompaniyasi - Yurtimizda IT sohasini rivojlantirish, yoshlarning IT salohiyatini oshirish hamda kuchli mutaxassis kadrlarni tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
DBITES IT kompaniyasi 2020 – yil tashkil topgan. Kompaniyaning asosiy faoliyati dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish shu bilan birga yoshlarga IT ta’lim berishdir. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan dasturiy mahsulotlarga o‘quvchilarimizni ham jalb qilamiz va bu o‘quvchilar uchun juda katta amaliyot bo‘ladi.
O‘quv kurslari davomida yuqori malakali dasturchilardan zamonaviy metodika asosida sifatli ta’lim olishingiz va o‘zlashtirgan bilimlaringizni amaliyotlarda mustahkamlab borasiz.
Bizning o‘quv kurslarimizda dasturchilik bo‘yicha yetuk bilimlarni olishingiz va dasturchilik sohasiga ilk qadamlarni qo‘yishingiz mumkin.