O'quv markazlari


O'quv markazi haqida ma'lumot
“Andijon IT Аkademiyasi”da Аrxitektura va uy-joy dizayni yoʼnalishida binolarning eksteryer va interyer dizaynlarini yaratish, Grafik dizaynerlik yoʼnalishida mahsulotlar dizaynini yaratish, ijtimoiy tarmoqlar va dasturlar dizaynini hamda brend va logotiplarni ishlab chiqish, Mobil dasturlash yoʼnalishida IOS va Android foydalanuvchilari uchun dastur yaratish, Robototexnika yoʼnalishida dasturlar yordamida robotlar va kichik texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, qurilma va texnikalar sxemalarini yigʼish, turli qismlardan robotlar yasash hamda ularni boshqaruv dasturlarini yozish, shuningdek, Veb dasturlash (Foundation, Front-end, Back-end) yoʼnalishida dasturlashga oid boʼlgan ilk bilimlardan boshlab, dasturlash tillarini oʼrganish orqali veb-saytlar, dasturiy tizimlar yaratish boʼyicha bilimlar beriladi Andijon viloyati aholisining, xususan yoshlarning IT sohasidagi ta’limni qo’llab-quvvatlaydi. Akademiyaning asosiy binosi Andijon shaxrida joylashgan bo’lib, barcha tuman markazlarida filiallari tashkil etiladi bu esa barcha tumanlarda sifatli ta’lim berilishini ta’minlaydi, uzoq masofdan kelib ketish harajatlarining oldini olinadi Darslar eng so’nggi rusumdagi komyuterlar bilan ta’minlangan holda (dars jarayonida foydalanish uchun) holda olib boriladi hamda internet bilan ishlash imkoniyati mavjud. Darslar oldindan tasdiqlangan reja asosida tayyorlangan prezintatsiya shuningdek aktual mavzudagi namunalar bilan tushuntirb beriladi