Microsoft UX Design Professional Certificate

Microsoft UX Design Professional  Certificate

Ta'lim tili

РусскийO‘zbekcha

Murakkablik

Boshlang'ich

Davomiyligi

10 oy

Kurs turi

Kunduzgi

Kurs tavsifi

Grafik dizayn kursi — bu amaliyotga yo‘naltirilgan va intensiv kurs bo‘lib, unda talabalar Photoshop, Illustrator, After Effects va Figma kabi dizayn va animatsiya vositalarini o‘rganishadi. Kurs davomida talabalar professional grafik ishlar, animatsiyalar va interfeyslar yaratish ko‘nikmalarini rivojlantirishadi hamda dizayn sohasidagi muvaffaqiyatli karyera uchun zarur bo‘lgan to‘liq portfelyo tayyorlashadi.

Talabalar nimalarni o‘rganadi:

Photoshop:

Dastur bilan tanishish: interfeys va vositalarni o‘rganish
Ko‘p qatlamli tahrirlash: qatlamlar va typografika bilan ishlash
Sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish: AI yordamida tasvirlarni yaxshilash
Rang tuzatish va kompozitsiya: ranglar bilan ishlash va kompozit tasvirlarni yaratish
Loyihalarni eksport qilish: chop etish va nashr qilish uchun fayllarni tayyorlash


Illustrator:

Vektor grafikasi: vektor grafikasi va qatlamlar bilan ishlash
3D grafik: uch o‘lchamli ob’ektlarni yaratish va tahrirlash
Typografika bilan ishlash va eksport sozlamalari

After Effects:

Animatsiya asoslari: kompozitsiyalar va animatsiyalar yaratish
Shablonlardan foydalanish: tayyor animatsion shablonlardan foydalanish va o‘zlarini yaratish
Eksport va rendering: animatsiyalarni nashr qilish uchun sozlash

Figma:

Dastur bilan tanishish: interfeys va vositalarni o‘rganish
Prototip yaratish va dizayn: shablonlar va ranglar bilan ishlash
Guruhli ish: loyihalarni birgalikda tahrirlash
Veb-sahifalar va prezentatsiyalar yaratish

Loyihaviy ish asoslari:

Vizual uslubni rivojlantirish: moodboardlar yaratish va refeerenslar tanlash
Ishlarni taqdim etish: loyihalarni tayyorlash va taqdim qilish
Kasbiy ko‘nikmalar: muzokaralar olib borish qoidalari, portfelyo va rezyume yaratish
Frilans va studiyada ishlash bo‘yicha asoslar


Yakuniy loyiha:
Har bir ishtirokchi kurs davomida olgan bilimlarini yakuniy loyiha orqali namoyish etadi va muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga grafik dizayn va animatsiya bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini tasdiqlovchi sertifikat beriladi.

Kurs kimlar uchun mos:
Ushbu kurs grafik dizayn va animatsiya bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishni istagan boshlovchi va tajribali dizaynerlar uchun mos.

Kurs yakunida har bir ishtirokchi o‘zining olgan bilim va ko‘nikmalarini namoyish etuvchi yakuniy loyiha tayyorlaydi va taqdim etadi. Dastur muvaffaqiyatli yakunlangach, grafik dizayn va animatsiya sohasidagi malakani tasdiqlovchi sertifikat beriladi.

Muddatli to’lov shartlari

Microsoft UX Design Professional  Certificate
1 361 111 so’mdan / oyga

Microsoft UX Design Professional Certificate

Ustudy IT Academy powered by Uzinfocom
10 oy
Muddatli to’lov miqdori
21 500 000 so’mdan
Moliyalashtiruvchi tashkilot
IT Bilimlarni rivojlantirish markazi
Oylik to'lov miqdori
1 361 111 so’mdan

Muddatli to’lov rasmiylashtirish uchun Kirish yoki Ro‘yxatdan o‘tish saytda