Grafik dizayn Online

Grafik dizayn Online

Ta'lim tili

РусскийO‘zbekcha

Murakkablik

O'rta

Davomiyligi

6 oy

Kurs turi

Masofaviy

Kurs tavsifi

Grafik dizayn kursi — bu amaliyotga yo‘naltirilgan va intensiv kurs bo‘lib, unda talabalar Photoshop, Illustrator, After Effects va Figma kabi dizayn va animatsiya vositalarini o‘rganishadi. Kurs davomida talabalar professional grafik ishlar, animatsiyalar va interfeyslar yaratish ko‘nikmalarini rivojlantirishadi hamda dizayn sohasidagi muvaffaqiyatli karyera uchun zarur bo‘lgan to‘liq portfelyo tayyorlashadi.

Talabalar nimalarni o‘rganadi:

Photoshop:

Dastur bilan tanishish: interfeys va vositalarni o‘rganish
Ko‘p qatlamli tahrirlash: qatlamlar va typografika bilan ishlash
Sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish: AI yordamida tasvirlarni yaxshilash
Rang tuzatish va kompozitsiya: ranglar bilan ishlash va kompozit tasvirlarni yaratish
Loyihalarni eksport qilish: chop etish va nashr qilish uchun fayllarni tayyorlash


Illustrator:

Vektor grafikasi: vektor grafikasi va qatlamlar bilan ishlash
3D grafik: uch o‘lchamli ob’ektlarni yaratish va tahrirlash
Typografika bilan ishlash va eksport sozlamalari

After Effects:

Animatsiya asoslari: kompozitsiyalar va animatsiyalar yaratish
Shablonlardan foydalanish: tayyor animatsion shablonlardan foydalanish va o‘zlarini yaratish
Eksport va rendering: animatsiyalarni nashr qilish uchun sozlash

Figma:

Dastur bilan tanishish: interfeys va vositalarni o‘rganish
Prototip yaratish va dizayn: shablonlar va ranglar bilan ishlash
Guruhli ish: loyihalarni birgalikda tahrirlash
Veb-sahifalar va prezentatsiyalar yaratish

Loyihaviy ish asoslari:

Vizual uslubni rivojlantirish: moodboardlar yaratish va refeerenslar tanlash
Ishlarni taqdim etish: loyihalarni tayyorlash va taqdim qilish
Kasbiy ko‘nikmalar: muzokaralar olib borish qoidalari, portfelyo va rezyume yaratish
Frilans va studiyada ishlash bo‘yicha asoslar


Yakuniy loyiha:
Har bir ishtirokchi kurs davomida olgan bilimlarini yakuniy loyiha orqali namoyish etadi va muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga grafik dizayn va animatsiya bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini tasdiqlovchi sertifikat beriladi.

Kurs kimlar uchun mos:
Ushbu kurs grafik dizayn va animatsiya bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishni istagan boshlovchi va tajribali dizaynerlar uchun mos.

Kurs yakunida har bir ishtirokchi o‘zining olgan bilim va ko‘nikmalarini namoyish etuvchi yakuniy loyiha tayyorlaydi va taqdim etadi. Dastur muvaffaqiyatli yakunlangach, grafik dizayn va animatsiya sohasidagi malakani tasdiqlovchi sertifikat beriladi.

A: Kursdan oldin
O‘quvchi asosan kompyuterni asosiy darajada biladigan bo‘ladi va dizayn yoki grafik ishlash bo‘yicha chuqur ko‘nikmalarga ega bo‘lmasligi mumkin. U dastlabki bosqichda Photoshop, Illustrator, After Effects va Figma kabi grafik dizayn va animatsiya dasturlari bilan tanish emas bo‘lishi mumkin. Bu bosqichda o‘quvchi grafik dizayn va animatsiya tamoyillari haqida umumiy tasavvurlarga ega bo‘lib, o‘z g‘oyalarini vizual shaklda ifodalashda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmagan bo‘ladi.

B: Kursdan keyin
Kursni tamomlagandan so‘ng, o‘quvchi quyidagi natijalarga erishadi:

Grafik dizayn va animatsiya dasturlari bo‘yicha chuqur bilim: Photoshop, Illustrator, After Effects va Figma dasturlarida professional darajada ishlay oladi, shu jumladan AI (sun'iy intellekt) yordamida rasmlarni yaxshilash va vektor grafikalar yaratish.
Kreativ loyiha yaratish: O‘quvchi kompozitsiya, ranglar va tipografika tamoyillarini chuqur tushunadi va murakkab grafik dizayn loyihalarini mustaqil ravishda yaratadi, jumladan 3D grafika va animatsiyalarni yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Professional portfolio : Kurs davomida yaratgan loyihalari bilan to‘liq portfolio shakllantiradi, bu portfolio unga grafika va dizayn bo‘yicha ishlarda muvaffaqiyat qozonish uchun katta yordam beradi.
Frilanser yoki agentlikda ishlash: O‘quvchi nafaqat dizayn bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ladi, balki frilanser sifatida ishlash yoki dizayn studiyasida faoliyat olib borish uchun zarur bo‘lgan professional ko‘nikmalarni ham egallaydi (portfelyo yaratish, mijozlar bilan ishlash, loyihalarni taqdim etish).
Sertifikat: O‘quvchi IT sohasida grafik dizayn va animatsiya bo‘yicha amaliyotchi sifatida e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan sertifikatga ega bo‘ladi.

Muddatli to’lov shartlari

Grafik design Online
408 333 so’mdan / oyga

Grafik dizayn Online

Ustudy IT Academy powered by Uzinfocom
6 oy
Muddatli to’lov miqdori
6 450 000 so’mdan
Moliyalashtiruvchi tashkilot
IT Bilimlarni rivojlantirish markazi
Oylik to'lov miqdori
408 333 so’mdan

Muddatli to’lov rasmiylashtirish uchun Kirish yoki Ro‘yxatdan o‘tish saytda