FINANCE UMAROV IT ACADEMY
Информация об учебном центре
“FINANCE UMAROV IT ACADEMY” – zamonaviy ta’lim markazi bo’lib, turli IT yo’nalishlarida sifatli ta’lim berishga ixtisoslashtirilgan. Akademiyaning maqsadi o’quvchilarga amaliy ko’nikmalar va bilimlar berish orqali ularni bozorga tayyorlashdir. Asosiy yo’nalishlari: Kompyuter savodxonligi va dasturlash: Dasturlash asoslari, web va mobil dasturlash, algoritimlar , algotrading va shu kabi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi. Dizayn: Grafik va web dizayn, Canva, Adobe va Figma dasturlari bilan ishlash. SMM (Social Media Marketing) va Mobilografiya: IJtimoiy tarmoqlar uchun kontentlar yaratish va ularning marketing strategiyalari. Ta’lim metodologiyasi: Amaliyot orqali o’rganish: Ta’lim jarayonida ko’plab amaliy mashg’ulotlar va loyiha asosidagi o’qitish usullari qo’llaniladi. Individual yonadashuv: Har bir o’quvchining ehtiyojlariga mos ravishda o’qitish rejasi tuziladi. Ahamiyatli xususiyatlar: Zamonaviy uskunalar: “FINANCE UMAROV IT ACADEMY” zamonaviy kompyuter va IT uskunalari bilan jihozlangan. Hamkorlik: Akademiya bir qator xususiy maktablar bilan, voyaga yetgan shaxslarni kasbga o’rgatish, oilaviy poliknilika shifokorlari bilan bir qancha hamkorlikda ish olib boradi. Mutaxassislar jamoasi: Tajribali o'qituvchilar, jumladan G’olibjon Umarov, To’xtatoshev Nodir, Asoyev Javohir, Jurayev Temur va G’opirov Bunyod ta'lim jarayonida ishtirok etadilar. Missiya va Maqsadlar: “FINANCE UMAROV IT ACADEMY” asosiy maqsadi - talabalarni zamonaviy IT sohasidagi bilim va ko'nikmalar bilan ta'minlash, xalqaro ish bilan ta’minlash, ularga global raqobatbardosh bo'lish uchun imkoniyat yaratishdir. Akademiya o'z talabalari orasida innovatsion fikrlashni, ijodkorlikni va tadbirkorlik qobiliyatini rivojlantirishga intiladi. “FINANCE UMAROV IT ACADEMY” - shunchaki o'quv markaz emas, balki har bir talabaning muvaffaqiyatga erishishi uchun kerak bo’ladigan barcha ko’nikma va bilimlarni keragidan ortiq berishga tayyor academyadur.