Interyer dizayn

Interyer dizayn

Язык обучения

РусскийO‘zbekcha

Сложность

Средний

Длительность

4 месяца

Тип курса

Смешанное обучение

Описание курса

“Interyer dizayn” kursi davomiyligi 4 oy, haftada 3 kun, 2 akademik soatdan boʻlib oʻtadi.

Kursda siz noldan interyer dizayn yoʻnalishi va sohadagi kerakli AutoCAD, 3ds Max, Corona Renderer, Adobe Photoshop dasturlarida ishlashni o’rganasiz.

Nimalarni oʻrganasiz?

– AutoCAD, 3ds Max va Corona Renderer dasturlarida ishlash;
– Loyihalarning 3D vizualizatsiyasini tayyorlash;
– Interyer dizayn chizmalarini chizish;
– Modellashtirish, teksturalash, vizualizatsiya;
– Interyerda ranglar psixologiyasi;
– Mijozlar bilan ishlash.

Bonuslar:

– Bepul ochiq darslarda ishtirok etish;
– Oʻqish va uy vazifalarini bajarish uchun kerakli qurilmalardan foydalanish imkoniyati;
– Dars jarayoni videodars shaklida yozib olinadi;
– Oʻquvchilarga portfoliolarini shakllantirishda koʻmaklashiladi;
– Amaliyotga yordam;

Shu bilan birgalikda, turli bosmaxonalar, korxonalar, qurilish kompaniyalari va inshootlar, studiyalarga ekskursiya sifatida tashrif buyurishingiz mumkin bo‘ladi.
Oʻquv dasturi

1-modul: “Interyer dizayni” kursiga kirish

Kirish darslarida AutoCAD va 3ds Max dasturlari yordamida “Interyer dizayn” kursi tahlil qilinadi. Oʻquvchilarga bu soha haqida umumiy tushunchalar beriladi.

2-modul: AutoCAD 2D va 3D

AutoCAD dasturi texnik imkoniyatlari oʻrgatiladi. Oʻquvchilarga 2D va 3D oʻlchamlar haqida maʼlumotlar va bilimlar beriladi. 3D maydonida qattiq jismlar, sirt va yuzalar bilan ishlash va ularni tahrirlash, vizualizatsiyalar va materiallar bilan ishlash koʻnikmalariga ega boʻlishadi.

3-modul: Baza – 3ds Max da modellashtirish, teksturalash va vizualizatsiya

Oʻquvchilar bu modulda modellashtirish, teksturalash va vizualizatsiya haqida batafsil ma’lumotga ega boʻlishadi. 3ds Max dasturida obyektlar bilan turli amallar bajarish, uch oʻlchovli animatsiyalar yaratish, qirrali va koʻp burchakli obyektlarda turli darajadagi amallar bajarishni oʻrganishadi.

4-modul: 3ds Max Interyer + Corona + Postproduction

Obyektning umumiy interyer rejasini ishlab chiqish va uni 3d Max dasturiga import uchun tayyorlash, dasturlar yordamida inshootni asosini yaratish, reja asosida devor, eshik va deraza oynalari, pol va shiftlarini, interyer matolari va bezak detallarini oʻrnatishni oʻrganishadi. Kameralar bilan ishlash, interyerda kunduzgi va kechki yorugʻlik manbalarini oʻrnatish kabi koʻnikmalarga ega boʻlishadi. Shu bilan birga eng asosiysi Corona Renderer dasturida ishlash texnik koʻnikmalariga ega boʻlishadi.

Условия рассрочки

Interyer dizayn
от 612 500 сум / месяц

Interyer dizayn

Let's Animate
4 месяца
Сумма рассрочки
от 9 675 000 сум
Финансирующая организация
Центр развития IT-знаний
Ежемесячная сумма погашения
от 612 500 сум

Для того, чтобы оформить рассрочку необходимо Войти или Зерегистрироватьсяна сайте