Grafik va poligrafik dizayn
Язык обучения
РусскийO‘zbekcha
Сложность
Средний
Длительность
4 месяца
Тип курса
Смешанное обучение
Описание курса
Kursda siz noldan grafik va poligrafik dizayn yoʻnalishlari va sohalardagi kerakli Adobe Photoshop, Corel Draw, Adobe Illustrator, Adobe InDesign, Adobe Lightroom, Figma dasturlarida ishlashni oʻrganasiz.
Kursda olingan koʻnikmalar orqali siz, osongina brendbook, vektor/rastr rasmlar, SMD dizaynlar, har qanday poligrafik mahsulotlar dizayni va boshqa shu turdagi dizaynlarni yaratishni oʻrganasiz.
Kursda nimalarni oʻrganasiz?
- Rang, kompozitsiya va shriftlar bilan ishlash
- Illyustratsiya, kollajlar va plakatlar yaratish
- Logo dizayn, brend vizual aydentikasini ishlab chiqish
- Poligrafiya asoslari, packaging
- Fotosuratlarni qayta ishlash
- Figma dasturi yordamida foydalanuvchi interfeysi dizayni va veb-dizayn yaratish
Bonuslar:
– Bepul ochiq darslarda ishtirok etish;
– Oʻqish va uy vazifalarini bajarish uchun kerakli qurilmalardan foydalanish imkoniyati;
– Dars jarayoni videodars shaklida yozib olinadi;
– Oʻquvchilarga portfoliolarini shakllantirishda koʻmaklashiladi;
– Amaliyotga yordam;
Shu bilan birgalikda, turli bosmaxonalar, korxonalar, qurilish kompaniyalari va inshootlar, studiyalarga ekskursiya sifatida tashrif buyurishingiz mumkin bo‘ladi.
Oʻquv dasturi
1-modul: Adobe Photoshop
Adobe Photoshop dasturi yordamida asosan rastrli (pikselli suratlar) obyektlar bilan ishlash, suratlarni tahrirlash, ranglar, ranglarni tahrirlash, shriftlar va ularni qoʻllash usullari, turli maketlar (Mockup) ustida ishlash va ularni tayyorlash kabi koʻnikmalarga ega boʻlasiz.
2-modul: Corel Draw
Corel Draw dasturi imkoniyatlarini oʻrganib, poligrafik mahsulotlarni ishlab chiqish texnik va ijodiy tomonlarini amaliyotda sinab koʻrasiz.
3-modul: Adobe Illustrator
Adobe Illustrator dasturida ishlash texnik koʻnikmalari hamda asosan shu davrgacha olgan bilimlarini ijodiy tomondan oshirish, dizayn tayyorlashda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan nuqtalarni chuqurroq oʻrganishadi.
4-modul: Adobe InDesign
Koʻp qismli tasvirlar bilan ishlash, shakllar, koʻp sahifali dizaynlarni tayyorlash, ulardagi tasvirlar, ranglar, effektlar va shriftlarni uygʻunlashtirish ustida ishlaysiz.
5-modul: Adobe Lightroom
Fotosuratlardagi ranglar va ularni tahrirlash ustida ishlashni oʻrganasiz. Adobe Lightroom dasturi imkoniyatlari yordamida fotosuratlarga yangi ruh taqdim etasiz.
6-modul: Figma
Figma dasturi yordamida UI/UX dizayn va web-dizayn ustida ishlash, turli veb-saytlar dizaynini yaratish, mobil yoki desktop ilovalar uchun dizaynlar tayyorlash koʻnikmalariga ega boʻlishadi.
Условия рассрочки
Сумма рассрочки
от 7 525 000 сумФинансирующая организация
Центр развития IT-знанийЕжемесячная сумма погашения
от 476 389 сумДля того, чтобы оформить рассрочку необходимо Войти или Зерегистрироватьсяна сайте
Вход
Войдите, используя свой номер телефона и пароль